Янгиликлар
28
#2025_yil_1_apreldan
Qonunchilikka ko‘ra, cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi.
Bunda mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan amaldagi referent narxni shakllantirish tizimi saqlab qolinadi.
Shuningdek, retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji va chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan va chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama qo‘llanadi.
Retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanmaydi.
Manba (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8760)
Vazirlikning sho'ba bosh maslahatchisi A.Xojanov