Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun foizsiz ssuda ajratiladi.

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etish;

Aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo‘lgan subsidiyalarni bekor qilish hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalarni birlashtirish;

Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratiladi.

2025-yil 20-martga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga ochirish uchun quyidagi yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi:

Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar;

O‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar.

Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;

Kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;

Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kambag‘al oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdordagi grantlar.

Qo‘ng‘irot tumani
Davlat xizmatlar markazi
katta mutaxassisi:  I.Tursinbayev.