Янгиликлар
28
Bola huquqlarining kafolatlari
Bola huquqlari amalga oshirilishining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa Qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilgan kafolatlari. Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil. 9 dekabrdagi 757 — XII — son qarori) asosida „Bola huquqlarning kafolatlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan boʻlib, unga koʻra, bola huquqlarining asosiy kafolatlari quyidagilardan iborat: bola huquqlarining qonuniy kafolatlari (7—modda.); bolaning yashash huquqi kafolatlari (8-modda.); bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqi kafolatlari (9-modda.); bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari (10-modda.); bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlari (11-modda.); bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash (12-modda.); bolaning oilaviy muhitga boʻlgan huquqi kafolatlari (13-modda.); bolaning gʻayriqonuniy koʻchirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari (14-modda.); bolaning oʻz fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari (15-modda.); bolaning axborot olish huquqi kafolatlari (16-modda.); bolaning fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqi kafolatlari (17-modda.); bolaning xususiy mulkka boʻlgan huquqi kafolatlari (18-modda.); bolaning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari (19-modda.); bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari (20-modda.); bolaning dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqi kafolatlari (21-modda.); bolaning sogʻligini saqlash huquqi kafolatlari (22-modda.); bolaning bilim olish huquqi kafolatlari (23-modda.). Shuningdek, mazkur Qonunning 3-bobida ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalar huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilangan.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlari bo‘yicha asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Sababi, 10 yil davomida, ya’ni 1979 yildan 1989 yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasida ishtirok etgan dunyoning ko‘plab mamlakatlari mutaxassislari bola huquqlari to‘g‘risidagi yangi hujjatning matnini ham ishlab chiqishda qatnashdilar. Hujjatda bolaning jamiyatdagi hayotining barcha jabhalari maksimal darajada hisobga olingan. Va nihoyat 1989 yil 20 noyabrda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi va 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan.
Mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bola huquqlari kafolatlarining qonunchilik asoslari bo‘lgan Oila kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi va boshqa shu kabi qonunlar qabul qilindi.
Beruniy tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi R.Kenjayev