Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bir taraflama arizaga asosan ajrimni ro‘yxatga olish tartibi haqida


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarorining 106-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 43 va 219-modallariga muvofiq er-xotindan biri:
- Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan dep topgan bo‘lsa.
- Sud tomonidan ruxiyati buzulishi sababli muammolarga layoqatsiz, deb topilgan bo’lsa.
- O‘zaro bolalari va mulkiy nizolari bo‘lmagan va 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nikohdan ajratish er-xotinning o‘zaro roziligiga ko‘ra umumiy qoidalar asosida FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
- Sudning er-xotindan birining bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha nikohdan ajratish er yoki xotin doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
- Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelganda va sudning tegishli hal qiluv qarori bekor qilinganda nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasi bo‘yicha FHDY organi tomonidan tiklanishi mumkin.
Bu holda FHDY organi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini va uning asosida berilgan tegishli guvohnomani bekor qiladi.
Tomonlardan biri yangi nikohga kirgan taqdirda, nikoh tiklanishi mumkin emas.
Bu holda bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs murojaat qilgan taqdirda, nikohdan ajralganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Beruniy tumani adliya
bo‘limi Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi B.To‘htabayev