Янгиликлар
28
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalari haqida ma’lumotnomani berish tartibi belgilandi
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtotransport vositasi haqida ma’lumotnomani оlish mumkin bo‘ldi.
Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnomani fuqaro nomiga ro‘yxatdan o‘tgan transport vositasi bo‘yicha: ro‘yxatdan o‘tganligi, texnik ko‘rsatkichlari, mulkdorligi va boshqa muhim ma’lumotlar to‘g‘risida rasmiy tasdiqni taqdim etadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza beruvchilar faqat o‘zlariga tegishli avtotransport vositalari haqida axborotlarni olishlari mumkin. Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Umumiy ma’lumot:
Rangi; ishlab chiqarilgan yili; turi; kuzov/shassi raqami; to‘la vazni (kg); yuksiz vazni (kg); dvigatel raqami; yonilg‘i turi; oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi berilgan sana; oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi amal qilish muddati; sug‘urta polisi: sug‘urta seriya va raqami; sug‘urta turi; sug‘urtaning amal qilish muddati; haydovchilar; sug‘urta hodisasi; avtotransport texnik ko‘rigi.
Muhim! Xizmat avtomatik tarzda va bepul amalga oshiriladi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari
markazi yetakchi mutaxasissi 3- darajali yurist SH.Ismailov