Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berish tizimi haqida bilasizmi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 04.11.2024-yili O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to ‘g’risida” gi PQ-380-son qarori qabul qilindi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazish haqida so‘rov mavjud bo‘lganda, ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi hujjatni pochta xizmati xodimiga topshiradi.
Tayyor pasportni olgach, pochta xizmati xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, pasportni so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berishi shart. Toshkent shahri va viloyat markazlarida yetkazib berish muddati bir ish kuni, boshqa shahar va tumanlarda esa ikki ish kunini tashkil etadi.
Agar ariza beruvchi kelishilgan vaqtda ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmasa, pasportni 10 ish kuni ichida mahalliy pochta bo‘limidan olishi mumkin.
Agar fuqaro hujjatni belgilangan muddatda olmagan bo‘lsa, pochta xizmati xodimi uni ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaytarishi lozim. Ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatib, pasportni olishi mumkin.
Pochta xarajatlari ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. Narxni pochta xizmati belgilaydi. Pochta xizmatlari uchun to‘langan summa qaytarilmaydi.
Hujjatga ko‘ra, pochta xizmati xodimi pasportni olgan paytdan boshlab, uni ariza beruvchiga topshirgunga yoki ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaytargunga qadar uning xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
Tayyor xorijga chiqish pasporti faqat ariza beruvchining o‘ziga berilishi mumkin. 16 yoshdan oshgan shaxslar uchun olish tartibi barmoq izlarini solishtirish yoki biometrik identifikatsiya (Face-ID) orqali tasdiqlashni o‘z ichiga oladi. Keyingi usul tartibga qo‘shimcha ravishda kiritilgan bo‘lib, ilgari faqat barmoq izlarini solishtirish nazarda tutilgan.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig’i O.Babanov