Янгиликлар
27
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabr kungi 613-son qaroriga asosan Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Ushbu reglamentga asos jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini (sotish va boshqarish vakolatini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqisiz) boshqa shaxslarga berish bo‘yicha ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi. Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko‘ra bir oy, olti oy va uch yilgacha muddatga beriladi. Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo‘lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi. Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov o‘rnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda o‘ndiriladi ya’ni
bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz
bir oydan ortiq va olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz
olti oydan ortiq va uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz Davlat boji ishonchnoma rasmiylashtirilishidan oldin to‘lanadi.
Ishonchnomani bekor qilish uchun to‘lov talab etilmaydi.
Nukus tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi A.Tatlımuratova