Янгиликлар
28
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-may kungi
SQ-297-IV-sonli qarori bilan “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” tasdiqlangan.
Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.
Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iboratdir.
Mazkur startegiyaga asosan:
Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish;
Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish Gender strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanagan.
Strategiyaga asosan, Gender strategiyasining amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, umumiy muvofiqlashtirish, sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal qilish mutasaddi davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilgan holda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Bunda, Gender strategiyasini amalga oshirish monitoringi Gender strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli bajarish bo‘yicha vakolatli organlar faoliyatini baholash indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
Vazirlikning sho‘ba
boshlig‘i. F.Seytimbetov