Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish


O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 08-avgustdagi O‘RQ-860-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni 3-moddasida “normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi “ tushunchasi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib unga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi  deganda “normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashga, aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish va choralar ko’rishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmui” tushuniladi.
    Qonunga ko‘ra, Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
    • Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
    • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiquvchilari bo’lgan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari;
    • tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta‘minlash o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari.
    Mazkur qonunning 7-moddasida Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining adliya organlari tomonidan o‘tkaziladigan korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ko‘rsatilgan, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan buyruqlari hamda qarorlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o’tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo‘linmalari:
xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining;
viloyat, tuman (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi.
Adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini quyidagilarga asosan o‘tkazadi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga;
normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejalariga;
o’z ish rejalariga;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga;
jamoatchilik nazorati subyektlarining takliflari va tavsiyalariga;
normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan huquqiy monitoring natijalariga;
o‘rganishlar jarayonida, shu jumladan bevosita joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma‘lumotlarga.
Adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘z tashabbusiga ko‘ra ham o‘tkazishi mumkin.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti   N. Omirbekov