Янгиликлар
24
SUDDA DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETILADI
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
✅ 1) daʼvogarlar — ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
✅ 2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
✅ 3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
✅ 4) daʼvogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
✅ 5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; va boshqalar
(http://lex.uz/ru/docs/4680944#4682417).
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
1-sonli FHDYO bo‘limi
1-darajali inspektori E.Allamuratova