Янгиликлар
24
Nikoh shartnomasi kelishmovchiliklarning oldini oladi
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va er vaxotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Har qanday er va xotin o‘rtasida tuzilgan nikoh shartnomasi kelajakda kelishmovchiliklarning oldini olishda katta yordam bo‘ladi. Nikoh shartnomasida shuning uchun ham quyidagicha qoidalar belgilanadi.
1. O‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlari ;
2. Nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olish;
3. Er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar;
Nikoh shartnomasida quyidagi qoidalarni nazarda tuta olmaydi.
1. Er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklovchi qoidalar;
2. Mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalar;
3. Er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normalariga zid keluvchi boshqa shartlar;
Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 1-darajali inspektori Y.Maturazova