Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ish beruvchi va xodimning majburiyatlari


Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlari va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida belgilangan yoshga etgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin.
Xodimning majburiyatlari:
• mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
• mehnat shartnomasi bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi;
• ichki mehnat tartibiga rioya etishi;
• mehnat intizomiga rioya etishi;
• belgilangan mehnat normalarini bajarishi;
• mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etishi;
• ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi;
• ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada qoplashi;
• insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;
• boshqa xodimlarning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
Xodimning zimmasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ish beruvchi - xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega shaxs korxona rahbari
Ish beruvchining majburiyatlari
• xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilish;
• xodimga dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish, ta’til berish;
• xodimning mehnatiga haq to‘lash;
• xodimning sog‘ligi va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
• xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratish;
• xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Nukus shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Sh.Ametov