Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

QONUNChILIKDAGI YANGILIKLAR


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025 yildagi "Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 126-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 03.02.2025 yildagi PQ-41-son qaroriga muvofiq 2025 yil 1 martdan boshlab kunduzgi parvarish xizmati yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash joriy etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
• Imkoniyati cheklangan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom;
• Imkoniyati cheklangan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar taqdim etish va kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom.
Bolalarni kunduzgi parvarish xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Bunda ularning davlat sheriklari Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va poytaxtdagi Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligi bo‘linmalari hisoblanishi belgilangan.
Kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik shartnomalari Agentlikning "Bolalarga kunduzgi parvarish xizmatlari boshqaruvi" axborot modulida elektron tarzda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi.
"Inson" aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlarining tegishli tarzda bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiradi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaratish maqsadida 2025 yil 1 martdan pilot tartibida "Andijon viloyat aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi" davlat muassasasi tashkil etiladi.
Nizomga ko‘ra, xususiy sherikka kompensatsiya quyidagi shartlar bajarilganda to‘lanadi:
• guruhga kamida 4 nafar bola qabul qilinganda;
• "Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish" axborot moduliga kunduzgi parvarish xizmati doirasida tashkil etilgan har bir guruhga qabul qilingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganda.
Bunda Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kunduzgi parvarish xizmatidan bir kun foydalanganlik uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
• 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun BHMning 25%;
• 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun BHMning 27%.

Viloyat markazlari, Toshkent va Nukus uchun subsidiya miqdori 1,1 oshiruvchi koeffitsient qo‘llash orqali belgilanadi.
Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning har bir nogiron bolasi uchun subsidiyaning umumiy miqdoridan 30% miqdorida qo‘shimcha mablag‘ to‘lanadi.
Kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilgan joydan 3 km radiusdan ortiq masofada yashovchi bolalarning kelib-ketishi uchun xususiy sherik tomonidan transport xizmati yo‘lga qo‘yilganda, tarbiyalanuvchining mazkur xizmatga amalda qatnashgan kunlari sonidan kelib chiqib, bir oy uchun BHMning 75% gacha miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.


To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori A.Matchanov