Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Ijtimoiy nafaqa oluvchi yolg‘iz shaxslarga har oylik kompensatsiya to‘lanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezilentining oqilona siyosatining asosiy tamoyillaridan biri aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ushbu tizimda keyingi yillarda aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy ta’minotini yaxshilash borasida bir qancha qaror, farmonlar qabul qilindi.
Buning yaqqol misolida aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ko‘makka muhtoj fuqarolarga va yolg‘iz keksalarga pul yordami ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2022-yil 28-yanvar PF-58-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 martdagi “2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3227-son Farmoniga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari (kompensatsiya to‘lovi) joriy etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-58-sonli Farmoniga asosan 2022 yil 1 martdan boshlab:
a) a) kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;
v) yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bunda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov nafaqa tayinlangan tashkilot orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi  M.Sheripboev