Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Qonunchilikdagi yangiliklar


Barchamizga ma’lumki, Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi natijasida bir qator yuqoridagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra bugungi kunda dolzarb bo‘lgan moddalar bilan to‘ldirildi. Jumladan, mastlik holatidagi shaxsni transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish yoki boshqarishi unga topshirish va ushbu kodeksning transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash, haydovchilarning transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta`sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta`siri ostida boshqarishi, shunday qilmish yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganligi uchun ma`muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi, transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, shunday qilmish yoxud transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida boshqarganligi uchun ma`muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti  M.Xaytbayev