Янгиликлар
03
Diplom dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
O‘zbekiston Respublikasida diplom dublikatini olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu normativ huquqiy hujjat orqali O‘zbekiston Respublikasida diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirilgan bo‘lib, fuqarolar quyidagi usullar orqali diplom dublikatini olish uchun murojaat qilishlari mumkin:
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat: Foydalanuvchilar portalda ro‘yxatdan o‘tib, tegishli so‘rovnomani to‘ldirishlari kerak;
2. Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat: Fuqarolar o‘zlariga yaqin joylashgan Davlat xizmatlari markazlariga borib, ariza topshirishlari mumkin.
Murojaat uchun faqat so‘rovnomani to‘ldirish talab etiladi; qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish shart emas. Diplom dublikati 15 ish kuni ichida tayyorlanib, ariza beruvchiga yetkaziladi. Xizmat uchun to‘lov miqdori Yagona portal orqali topshirilganda 337 500 so‘m (0,9 BHM), Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda esa 375 000 so‘mni (1 BHM) tashkil etadi. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan.
Amudaryo tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Tojiboyev