Янгиликлар
07
Kadastr pasportini tayyorlash
Kadastr pasportini tayyorlash — bu yer yoki mulk obyekti bo‘yicha hujjatlar to‘plamining rasmiylashtirilishi, shu jumladan, yerning hududiy joylashuvi, chegaralari, o‘lchamlari va boshqa tegishli ma‘lumotlarni aniqlash jarayonidir. Kadastr pasporti, mulk egasining huquqlarini himoya qilish, yer resurslaridan samarali foydalanishni ta‘minlash va yer bozorida adolatli almashinuvni amalga oshirish uchun muhim hujjat hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yyer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yyer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi yoki kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi o‘zgarganda;
Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha
• ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
• umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
• ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Xizmat natijasida kadastr pasporti rasmiylashtirilib beriladi. Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi. So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Xizmatdan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
E’tibor qaratish kerakki, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Odilov