Янгиликлар
05
Xodimga mehnatga layoqatsiz pullari to‘lab berildi
To‘rtko‘l tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 45-son Oilaviy poliklinikasida ishlovchi F.B unga mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davriga pullarini buxgalteriya tomonidan to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida, haqiqatdan ham xodim F.B ga buxgalteriya tomonidan 2025-yil 1-fevral sanasida mehnatga layoqatsiz bo‘lgan to‘g‘risidagi №02KP000834725-son varaqasi bilan ro‘yxatga olingan hamda O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ILOVAsi bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi NIZOMning 1-bob 6-bandida “Nafaqa to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi, lekin mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilgan kundan boshlab o‘n olti kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim (qonunchilikda belgilangan ish haqi bir oyda bir marta to‘lanadigan xodimlar toifasi bundan mustasno) deb belgilangan bo’lishiga qaramasdan xodimga nafaqa puli hisoblanmaganligi va to‘lanmaganlik holati aniqlandi.
Mazkur murojaat yuzasidan, tuman adliya bo‘limi tomonidan ko‘rilgan taʼsir choralar natijasida, O‘zbekiston Republikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-fevralda qabul qilingan “Saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomasiga asosan xodim F.B ga buxgalteriya bo‘limi tomonidan_863 000 so‘m mehnatga layoqatsizlik nafaqa pullari to‘lanishi taʼminlandi.
Natijada fuqaro murojaati qanoatlantirildi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti D.Allabergenov