Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Avtomobil tarixiga oid maʻlumotlarni olish tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.03.2022-yildagi 106-son qarori bilan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maydan:
“Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YaIDXP (my.gov.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida avtotransportning bosib oʻtgan masofasi haqidagi ma’lumotlar, jumladan, texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.
Qarorga ko’ra “Avtomobil tarixi” ma’lumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
avtotransportning agregat ma’lumotlari;
bosib oʻtgan masofasi;
shartnoma tuzilganligiga oid ma’lumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);
yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi;
qoidabuzarliklar holati;
garovga qoʻyilganlik holati;
taqiq borligi yoki yoʻqligi;
bojxona rasmiylashtiruviga oid ma’lumot;
litsenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).
Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiriladi (DXM, YaIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali). Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (37 500 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi. Ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno). Ma’lumotnoma axborot xususiyatiga ega hujjat hisoblanadi.
Ariza beruvchilar Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan istalgan avtomobil haqida ma’lumot olishi mumkin.

Toʻrtkoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti  I.Qurbanbayev