Янгиликлар
05
Xodimga nafaqa puli to‘lab berildi
To‘rtko‘l tumani 62-son maxsus yordamchi maktabda ishlovchi M.Kning unga 27 776 000 so‘m homiladorlik va tug‘ish taʼtili nafaqa pullarini buxgalteriya tomonidan to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida, haqiqatdan ham xodim M.K ga buxgalteriya tomonidan 27 776 000 so‘m homiladorlik va tug‘ish taʼtili nafaqa pullari to‘lanmaganlik holati aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Republikasi Mehnat kodeksi 404-moddasida ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish taʼtili berilishi hamda o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanishi belgilangan.
Murojaat yuzasidan, tuman adliya bo‘limi tomonidan ko‘rilgan taʼsir choralar natijasida, O‘zbekiston Republikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-fevralda qabul qilingan “Saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasiga asosan xodim M.Kga buxgalteriya bo‘limi tomonidan 27 776 000 (yigirma yetti million yetti yuz yetmish olti ming) so‘m homiladorlik va tug‘ish taʼtili nafaqa pullari to‘lanishi taʼminlandi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti I.Satbaev,