Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Konstitutsiya va qonunning ustunligi


Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʻzbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti boʻlib, uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyatini huquqiy davlatning asosiy talablarini aks ettiruvchi quyidagi prinsiplar ham ochib beradi: a) demokratizm prinsipi; b) hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipi; v) inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi prinsipi; g) ijtimoiy adolat prinsipi; d) qonuniylik prinsipi; ye) fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan boʻlgan huquqlari va burchlari bilan oʻzaro bogʻliqligi prinsipi va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamizning yuqorida qayd qilingan sifat va xususiyatlari uning benazir nufuzi, salmogʻi va qadr-qimmatidan dalolat beradi, u mustaqillikning qonuniy poydevori va buyuk kelajagimizning huquqiy kafolatidir.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i 1-darajali yuristi M.Kamalova