Янгиликлар
06
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasi orqali FHDYda qayd etish tartibi
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2022 yil 1 sentabrdan Toshkent shahrida, 2023 yil 1 yanvardan esa butun respublika hududida joriy etildi.
Belgilanishicha:
• tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilingani haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi;
• tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar ular uchun gerb yig‘imi undirish amaldagi tartibini saqlanib qolgan holda fuqarolar istalgan vaqtdagi murojaatlariga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov undirilmasdan rasmiylashtirib beriladi.
•
•
• Amudaryo tumani adliya bo‘limi
• FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori R.Polvanova