Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Bola huquqlari tiklandi


Ayrim hollarda turli sabablarga ko‘ra bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma o‘z vaqtida olinmaydi.
Bu esa uning kelajakda nafaqa olishda, fuqarolikni tasdiqlash, ta‘lim olish kabi asosiy huquqlaridan foydalanishida muammolarga sabab bo‘ladi.
Fuqaro Z.SH ham e’tiborsizligi, moliyaviy qiyinchiligi sababli 2009-yil 2-iyul kuni tug‘ilgan o‘g‘il jinsli farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnomani shu kunga qadar rasmiylashtirmasdan kelgan.
Bu esa Javohirning 15 yil davomida hech qanday hujjatlarsiz yashashiga sabab bo‘lgan.
2025-yil 26-fevral kuni Amudaryo tumani FHDY bo‘limi tomonidan Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy markazi bilan hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida J.SH.J o‘g‘lining tug‘ilishi qayd qilinib, tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi. Shu tariqa, Javohirning yillar davomida amalga oshirilmagan huquqlari tiklandi, uning qonuniy manfaatlaridan foydalanishi uchun yo‘l ochildi.


Amudaryo tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori R.Polvanova