Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Tadbirkor foydasiga qarzdorlik toʻliq undirib berildi


Tadbirkor foydasiga qarzdorlik toʻliq undirib berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga “Nukus elektromontaj” MChJ direktori S.Nuratdinov Chimboy tumani yoʻllardan foydalanish davlat tashkiloti tomonidan shartnomaga asosan yuzaga kelgan 217 036 707 soʻm qarzdorlikni mazkur davlat  tashkiloti tomonidan toʻlab berilmayotganligini bildirib, ushbu qarzdorlikni undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Vazirlik tomonidan murojaat oʻrganib chiqilganida taraflar oʻrtasida 2021-yil 5-mayda 20-sonli pudrat shartnomasi tuzilganligi aniqlandi.
Shuningdek, 2024-yil 12-yanvar kuni 3-sonli qo‘shimcha kelishuv shartnomasiga asosan, “Nukus elektromontaj” MChJ tomonidan “Nukus-sh.-Chimboy-sh.- Taxtako‘pir” avtomobil yo‘li 58-63 km” (tungi yoritish chiroqlarini) elektromontaj yoritish ishlari olib borilgan.
Shartnoma boʻyicha qilingan ishlar hajmi 2024-yil 30-avgust holatiga  243 431 447 soʻmni tashkil etib, tomonlar oʻrtasida hisob-fakturalari tasdiqlangan.
Lekin, Chimboy tumani yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti tomonidan 217 036 707 soʻm pul mablagʻlari toʻlab berilmagan.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-moddasi birinchi qismiga asosan, pudrat shartnomasi boʻyicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirigʻiga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
Bundan tashqari, ushbu Kodeksning 638-moddasi birinchi qismiga asosan, agar pudrat shartnomasida bajarilgan ishga yoki uning ayrim bosqichlariga oldindan haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi pudratchiga shartlashilgan haqni ish tegishli tarzda va kelishilgan muddatda yoxud buyurtmachining roziligi bilan muddatidan oldin bajarilib, uning natijalari uzil-kesil topshirilganidan keyin toʻlashi shart.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Nukus elektromontaj” MChJ direktori S.Nuratdinovning manfaatini koʻzlab Chimboy tumani yoʻllardan foydalanish davlat tashkilotidan yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish boʻyicha Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.
Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan tadbirkor S.Nuratdinovning foydasiga 217 036 707 soʻm qarzdorlik toʻliq undirib berildi.

Taxir Maxamatdinov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi Huquqni qoʻllash amaliyotini
oʻrganish va metodik ta’minlash
shoʻbasi katta maslahatchisi