Янгиликлар
19
Ortiqcha hisoblangan qarzdorlik tadbirkor foydasiga bekor qilindi
Ortiqcha hisoblangan qarzdorlik tadbirkor foydasiga bekor qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga “Alko mir market” MChJ Taxtako‘pir tumani filialidagi alkogol mahsulotlarini chakana sotish bo‘yicha 2024-yil fevral-may oylariga hisoblangan qarzdorlikni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha o‘rganishlar davomida, “Alko mir market” MCHJ tomonidan litsenziyani to‘xtatib turish bo‘yicha 2024 yil 16 yanvar kuni ariza bilan elektron tarzda license.gov.uz sayti orqali murojaat qilinib, O‘zbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning
32-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining qaroriga muvofiq 6 oy muddatga, ya’ni 2024-yil 16-yanvardan
16-iyulgacha vaqtincha to‘xtatib turilganligi aniqlandi.
Shunga qaramay, litsenziya vaqtincha to‘xtatib turilganligiga qaramasdan Soliq organi tomonidan “Alko mir market” MCHJ Taxtako‘pir tumani filialiga alkogol mahsulotlarini chakana sotish bo‘yicha 2024-yil fevral-may oylariga jami 1200000 so‘m qarzdorlik hisoblangan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 460-moddasi 5-bandida alkogol mahsulotlarini chakana sotish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turilishi belgilangan.
Shu sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan qarzdorlikni bekor qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi. Natijada, “Alko Mir Market” MCHJning ortiqcha hisoblangan qarzdorligi bekor qilindi.
Sagınbay Kamalov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi Huquqni qoʻllash amaliyotini
oʻrganish va metodik ta’minlash
shoʻbasi bosh maslahatchisi