Янгиликлар
19
O‘ttiz ikki yildan buyon hal etilmagan huquqiy muammo adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi
O‘ttiz ikki yildan buyon hal etilmagan huquqiy muammo adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi
Bugungi kunda, hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va ixcham boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda aholi orasida huquqiy muammoni aniqlash, tahlil etish va ularni bartaraf etish bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish maqsadida uyma-uy yurish orqali muammolar aniqlanmoqda.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan “Aspantay” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu hududda yashab kelayotgan Madeshova Tazegul Jaxievnaning 1993-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi bilan bog‘liq huquqiy muammosi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, o‘rganish ilari olib borildi.
Huquqiy muammoni o‘rganish davomida fuqaro T.Madeshova 1969-yil 27-avgust kuni Turkmaniston Respublikasi, Tashavuz viloyati, Ko‘na Urganch tumanida tug‘ilganligi, oila qurganligi sababli 1993-yildan buyon Bo‘zatov tumani, “Aspantay” OFYda yashab kelayotganligi, 1997-yilda mazkur mahallada yashovchi fuqaro Koshekeev Shopbay Jumabaevich bilan qonuniy nikohda o‘tganligi, 2 nafar farzandlari borligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan, fuqaro T.Madeshovaning O‘zbekiston Respublikasida yashaganlik faktini tasdiqlash yuzasidan sudga ariza kiritib, ariza sud tomonidan qanaotlantirildi.
Natijada, fuqaro T.Madeshovaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ID kartasi berilib, huquqiy muammo ijobiy hal etildi.
Kazbek Paluaniyazov
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i