Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Subsidiyalar to‘lash tartibi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʽminlashning yangi tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili tasdiqlanadigan tegishli Farmon va qarorlari asosida ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish uchun daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Subsidiya uni to‘lashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi.
Bunda subsidiya fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini ko‘rsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda e`lon beradi.
Ariza beruvchining taqdim etilgan arizasi asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi ma`sul tashkilotlar (keyingi o`rinlarda — mas`ul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
O‘rganib chiqish jarayonida o‘zlarining mavjud elektron ma`lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta`minot tizimida avtomat tarzda ishtirok etuvchi tashkilotlar — Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi.
O‘rganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida ko‘rsatilgan ma`lumotlardan kelib chiqib, ushbu ma`lumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi masul tashkilotlar — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti  B.Nuratdinov