Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish (uzaytirish) tartib-taomili


Yurtimizda malakali chet ellik mutaxassislar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va uni mutlaqo yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda raqobatbardosh mehnat resurslarini jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-sonli qaroriga ko‘ra, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni (keyingi o‘rinlarda — tasdiqnoma deb yuritiladi) olish (berish) bo‘yicha yagona tartib-taomilni saqlagan holda yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga nisbatan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilingan. Yuqori malakali chet ellik mutaxassislarga tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, malakali chet ellik mutaxassislarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga berilgan tasdiqnomalarning amal qilish muddati ariza beruvchining istagiga ko‘ra ular berilgan kundan boshlab cheksiz miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil qiladi.
Shu o'rinda bir savol tug‘iladi. Yaʼni, yuqori malakali mutaxassislar deb qaysi chet el fuqarolari tan olinadi? Maskur qararoga kóra:
a) yuqori malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallaydigan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan;
- e’tirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lgan;
- O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 60 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi;
b) malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
oliy ma’lumotga ega bo‘lgan;
- e’tirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lgan;
- O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 30 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi;
v) yuqori malakali va malakali mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash uchun tasdiqnoma olmasdan o‘rindoshlik asosida ishlash huquqiga egadirlar;
g) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga ko‘p marotabali mehnat vizasi mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi;
d) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga berilgan mehnat vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish zaruriyatisiz mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq har bir holatda 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi;
e) yuqori malakali mutaxassislarga va ularning oila a’zolariga xohishiga ko‘ra mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan muddatga yashash guvohnomasi rasmiylashtiriladi;
j) ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yuqori malakali va malakali mutaxassislar 30 ish kuni ichida boshqa ish beruvchini qidirish huquqiga egadirlar, bu muddat davomida ularga berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalari o‘z kuchini saqlab qoladi.

Chimboy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti  E.Yusupov