Янгиликлар
11
Korrupsiya va huquqbuzarlik profilaktikasi
Korrupsiya bu mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiste’mol qilishidan iborat amaliyotdir. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyati ayniqsa saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o‘tkazish xarajatlarini ko‘tarish korrupsiya ko‘rinishlaridan biridir.
Katta miqyosli korrupsiya davlat qurilmalarining yuqori darajadagi mansabdor shaxslari tomonidan sodir etiladi va odatda yirik hajmdagi moliyaviy mablag‘larni o’z ichiga oladi. Kichik miqyosli korrupsiya esa kundalik hayotda, kichikroq miqdorda va quyi darajadagi xodimlar yoki davlat xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Korrupsiya va uning oldini olish uchun quyidagilar zarurdir:
- Qonun ustuvorligini kuchaytirish,
- Ma’muriyati shaffofligini ta’minlash,
- Javobgarlik me’yorlarini mustahkamlash,
- Jamiyatda ahloqiy norma va me’yorlarni targ’ib qilish kiradi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimidir.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi’’ kuni deb e’lon qilinishi va “Mahalla posponi’’ tuzilmasi rahbari lavozimi o‘rniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etilishi huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan e’tiborning yaqqol misoli bo‘lishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalariga: shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash va jinoyatchilikni oldini olish kiradi
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
FHDY mudirasi S.Xalbaeva