Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish


Bugungi kunga kelib, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm degan tushunchalarga odamlar, ko'pincha yoshlarmiz unga e'tiborsiz bo'lib qolmoqdalar.
O'zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o'zining dinga munosabatini aniq va qat'iy belgilab oldi. Bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunda o'zining huquqiy ifodasini topgan.
So'nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda.
Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o'z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Ular tomonidan vaqtini internetda o'tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o'z saflariga qo'shish maqsadida ular bilan suhbatlar olib boradilar.
Ma'lumki, O'zbekiston qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.
BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterroristik qo'mitasi tomonidan O'zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholanadi.
O'z navbatida, jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi va ta'sirchanligini tizimli ravishda kuchaytirib borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi yoki Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi va boshqa qonunlarimizda aniq belgilangan jinoiy ishlarni sodir etgani va qonunbuzarligi uchun jazoga tortiladi. Aldanib oqimga kirib qolgan shaxs o'z vaqtida xatosini anglab yetib, pushaymon bo'lsa va jinoyatni ochishga yordam bersa, Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga ko'ra javobgarlikdan ozod etiladi.
Tuman adliya bo'lim xodimlari tomonidan fuqarolarni aqidaparast g'oyalarning ta'siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan huquqiy tushuntirish ishlarini amalga oshirilib kelinmoqda.
Tinchlikni asrashda halqmizni, ayniqsa, yoshlarni hushyorlik va ogohlikni chaqirib qalamiz. Bu esa Vatanimiz kelajagiga o'zini ma'sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning muhim vazifasi bo'lib qoladi.

Xo’jayli tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlar markazi bosh mutaxassisi A.Bauatdinov