Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yili 14-dekabr kungi qarori bilan Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, mamlakatimizda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish, raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, pensiya ta’minoti tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash hamda aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib, ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy soliq, soliq to‘lovchilar tomonidan, hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqarilishi, ijtimoiy soliq yuridik shaxslar tomonidan qo‘shimcha to‘lov, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari va sanatoriya-profilaktoriyalarning taʼminoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning to‘liq hajmida o‘tkazilishi, yuridik shaxslar ijtimoiy soliq to‘lanishi bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘zlari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan soliq xizmati organlari bilan birgalikda yuritishi, yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliqning hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek, qoʻshimcha to‘lov to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning aks ettirilishi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa – keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, pensiya jamg‘armasining pensiyalarni to‘lashga ajratilgan xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan o‘z vaqtida qoplanmagan taqdirda, qoplanishi lozim bo‘lgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun qarzdorlik summasining 100 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya hisoblanadi va undiriladi.
Mazkur qabul qilingan Nizomga binoan, pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablag‘lar asosida taqdim etilgan talabnomalarga ko‘ra ikki ish kunida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtiradi.
Qo‘shimcha to‘lov uchun olingan mablag‘lar qat’iy nazoratda bo‘lishi va faqatgina talabnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi shart. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni qasddan buzib ko‘rsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J. Begmetov