Янгиликлар
25
Nikoh shartnomasi.
Nikoh shartnomasi-bu nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida, shuningdek nikohdan ajralgan vaqtida ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilish mumkin. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbat ham tuzilishi mumkin.
Nikoh shartnomasida er va xotin o‘zaro moddiy ta`minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadlarida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga tegishli qoidalar kiritilishi mumkin.
Nikoh shartnomasida er va xotinning sudga murojaat etish huquqlarini cheklashga, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarini yoki bolalarga bo‘lgan huquq va majburiyatlarini va ta`minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi shartlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nikoh shartnomasi istalgan vaqtda er-xotinning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartmomasini bajarishdan bir tomanlama bosh tortishga yo‘l qoyilmaydi.
Nikoh tugatilgan vaqtdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi. Nikoh bekor bo‘lganda er va xotin mulkni bo‘lishish masalasida sudga murojaat qilmasdan, shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida hal etadi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi mudirasi T Musayeva