Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida


Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad, foyda olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish kerak.Tadbirkorlik bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil etmasdan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish usullari Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda yoki tizim orqali mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari turlari bular yakka tartibdagi tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, dehqon xo‘jaligi va hunarmandchilik faoliyati.
Yuridik shaxs sifatidagi tadbirkorlik subyektlariga Mas’uliyati cheklangan jamiyat, Aksiyadorlik jamiyati, Xususiy korxona, Oilaviy korxona, Fermer xo‘jaligi, Dehqon xo‘jaligi va boshqalar kiradi.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son Qaroriga asos- Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda reyestrdagi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar hisoblanadi.
Ariza beruvchi yoxud ular tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxslar, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga tegishli so‘rovnoma yoki ariza bilan murojaat qiladi. Firma nomini tanlash bir xilligining tekshirilishi tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi, lotin alifbosidagi erkin firma nomlaridan so‘rovnoma shakllantirilganda amalga oshiriladi. Firma nomi tanlanayotganda O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek yuridik shaxslar nomlari to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikni belgilaydi. Tanlangan firma nomi tizim tomonidan 60 kalendar kun ariza beruvchi nomiga saqlanib turiladi. Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega. Ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida bo‘lishi kerak. So‘rovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan so‘ng “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat bojini to’laydi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani oladi.
Ta’sis hujjatlari ma’lumotlaridagi, shu jumladan ta’sis hujjatlarining firma nomlaridagi, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakllaridagi, ustav fondi miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, shuningdek boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda va qayta tuzilganda;
taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;
tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;
Tadbirkorlik subyekti yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
Ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
bo‘lim boshlig‘i  A.Auezimbetov