Янгиликлар
05
“E-qaror” elektron tizimi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga "E-qaror" elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 390-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" PF-6155-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish tartibi;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusga ega boʻlmagan qaror va farmoyishlar loyihalarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish tartibi;
- "E-qaror" elektron tizimini barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etish boʻyicha "yoʻl хaritasi".
Oʻtkazilgan eksperiment natijasida, 1 iyuldan boshlab barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida "E-qaror" elektron tizimi joriy etildi.
Oʻrnatilgan tartibga muvofiq 1 iyuldan boshlab:
• barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, хizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish "E-qaror" elektron tizimi orqali amalga oshirilishi;
• "E-qaror" elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi;
• mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish ta’sirini baholash "E-qaror" elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi B.Otepov