Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyun kungi 364-sonli qarori bilan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomga bilan, fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun arizasi ularning doimiy yashash yoki vaqt incha turgan joylaridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qo‘yib borilishi belgilangan.
Endilikda, mazkur navbatga qo‘yilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmoni bilan, 2023-yil 1-dekabrdan, hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Natijada, haj ziyoratiga borishdagi firibgarlik holatlarining oldini olish va navbatga turish tizimini ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida haj ziyoratiga boruvchilarning yagona onlayn navbati doimiy yangilab boriladi va u barcha uchun ochiq bo‘ladi.

 Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Kadirov