Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Konstitutsiya va shaxs daxlsizligi kafolati


Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Aynan inson huquqlarining ta’minlanganlik darajasi bilan davlatning demokratik rivojlanganlik darajasi o‘lchanadi, inson huquqlari muayyan bir mamlakatda demokratik-huquqiy davlat barpo etish siyosatining o‘ziga xos barometridir. Zero, inson huquqlarini ta’minlash jamiyatning barcha jabhalardagi taraqqiyotning asosi, chunki inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi hamda pirovardida demokratik huquqiy davlat qurish bo‘yicha strategik maqsadga erishiladi.
O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz respublika mustaqilligining huquqiy poydevorini mustahkamlashda, barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi. Qomusimizda birinchi navbatda, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun g‘oyasiga asos solingan bo‘lib, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yildi. Konstitutsiyamizda fuqarolarning tengligi, erkinligi va daxlsizligi, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, har qanday qonunga xilof tajovuzlardan muhofaza qilinishi, qonunga asoslanmagan holda hibsga olinmasligi yoki qamoqda saqlanmasligi, qiynoqqa solinmasligi kabi eng muhim va muxtasar qoidalar qat’iy mustahkamlab qo‘yildi.
Shuningdek Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 27-moddasida
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart deb belgilangan.
Bundan tashqari Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan umumjaxon deklaratsiyasi va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa xalqaro hujjatlarda ham hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi, hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar o‘tkazilishi mumkin emasligi, har bir inson o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega ekanligi haqida qoidalar belgilangan.

Nukus shahar adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
katta mutaxassisi  M.Temirxanova