Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“My.gov.uz” tizimi afzalliklari!


O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko‘rsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli Qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida Nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron portal orqali davlat organlari bilan o‘zaro aloqasi, ya’ni hukumat tomonidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Yagona portal maqsad va vazifalari bo‘lib ariza beruvchilar uchun raqamli hukumat doirasida davlat organlari bilan munosabatlarni amalga oshirish uchun butun mamlakat bo‘ylab imkoniyatlar yaratish;
- ariza beruvchilar bilan munosabatlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipini amalga oshirish;
- davlat xizmatlari ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishini markazlashtirilgan nazorat qilish yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari xarajatlarini kamaytirishdir.
Yagona portalning asosiy vazifalari foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
·foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
·    davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.
        Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
Elektron davlat xizmatlari pulli yoki bepul ko‘rsatiladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishsa davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Shuningdek, fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilmaydigan davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali foydalanishlari va o‘zlariga zarur bo‘lgan tizimga kiritilgan ma‘lumotnomalarni ham olishlari mumkin.


Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
yetakchi mutaxassisi   H. Ibodullayev