Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti

Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi tomonidan 2024 yil davomida Respublikadagi notariuslar 65 ta notariuslar kesimida jami 208 774 ta notarial harakatlar amalga oshirilgan, shundan sayyor tartibda 187 ta, avtotransport vositasi oldig‘sotdi shartnomasi 24 661 ta, ko‘chmas mulk oldi sotdi shartnomasi 21 788ta, garov va ipoteka shartnomalari 15 566 ta, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish 1 855 ta, nikoh shartnomasi 110 ta va 144 607 ta boshqa turdagi notarial harakatlarni tashkil qildi.
Sho‘ba tomonidan xususiy notarial idoralarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlar 125 ta, shundan: rejalilar soni 23 ta, reyd 76 ta, sirli mijoz soni 11 ta, xizmat tekshiruvi soni 15 ta, shundan litsenziyasi to‘xtatilganlar 23 ta, litsenziyasi tugatilgan notariuslar soni 1 tani tashkil qildi.
Advokatura sohasida respublikadagi advokatlar soni 229 tani tashkil qilib, shundan yangidan litsenziya olganlar 46 ta, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokat sifatida xizmat ko‘rsatish istagini bildirib reestrga kiritilgan advokatlar 74 ta, litsenziyasi to‘xtatilgan advokatlar 3 tani tashkil qildi.
Mediatsiya sohasida respublikadagi mediatorlar soni 87 tani tashkil qiladi.
Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha jami 270 ta davlat xizmati ko‘rsatilib, shundan elektron tartibda 207 ta, an’anaviy tartibda berilgani 63 ta.
Vazirlik huzuridagi idoraviy notarial arxivi tomonidan berilgan dublikatlar soni 386 ta, reestrdan ko‘chirmalar soni 10 ta, arxiv hujjatlaridan nusxalar 102 ta, arxiv ma’lumotnomalari 2 tani tashkil qilib, notarial arxiv tomonidan undirilgan jami haq 7 570 370 so‘mni tashkil qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Adliya vazirligi sho’ba boshligʻi
Paraxat Kojametov