Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Elektron raqamli imzo olish tartibi va abzalliklari


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2028-yil 10-may kuni 348-sonli qarori qabul qilingan. Mazku qaror bilan “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” Ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur reglamentga asosan ERI (elekron raqamli imzo)— elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi.
Shuningdek Elektron raqamli imzo - bu elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash imkonini beruvchi texnologiyadir. U qog'oz hujjatlardagi qo'l imzoga o'xshash, lekin elektron muhitda ishlatiladi. ERI kriptografiya tamoyillari asosida ishlaydi va o'z ichiga ochiq va yopiq kalitlarni oladi. Yopiq kalit imzo yaratish uchun, ochiq kalit esa uni tekshirish uchun ishlatiladi. Bu ma'lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlaydi, shuningdek hujjatning muallifligi va butunligini tasdiqlaydi.
ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar.
Bunda Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun faqat yuridik shaxslarning rahbarlari murojaat qilishlari mumkin. Yuridik shaxslarning boshqa vakillari ERI kalitlarini va ularning sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishga haqli. Bunda Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnoma ariza beruvchining shaxsi biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im yig‘im to‘laydi.
ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilariga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.
Elektron raqamli imzoning abzalliklariga to’xtaladigan bo’lsak, elekron raqamli imzo bilan imzolangan hujjat ma'lum bir shaxs yoki tashkilot tomonidan imzolanganini tasdiqlaydi va anonim yoki soxta mualliflik imkoniyatini istisno etadi. hujjat imzolanganidan keyin o'zgartirilmaganligini kafolatlaydi. Hujjatga imzo qo'yilgandan keyin qilingan har qanday o'zgartirish imzoni haqiqiy emas qiladi. Shuningdek faqatgina hujjatni imzolash uchun noyob kalitga ega bo'lgan jo'natuvchi tomonidan yaratilishi mumkin bo'lganligi sababli, jo'natuvchining hujjat muallifligidan voz kechish holatini oldini oladi. ERI turli sohalarda, jumladan elektron hukumat, onlayn-banking, elektron tijorat va boshqa ko'plab sohalarda, qayerda elektron hujjatlarning xavfsizligi va haqiqiyligini ta'minlash zarur bo'lganda, keng qo'llaniladi.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
direktori S.Sultanov