Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi


Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi

Soʻngi yillarda mamlakatimizda insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlashga, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
   Xususan, 'Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida'gi Qonun qabul qilinib, fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan toʻliq foydalanish imkoniyati yaratildi.
  Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini 'Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida'gi Qonuniga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
   Ma’lumot uchun, 2024-yil 6-aprel kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
   Ushbu Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladigan ishlar roʻyxatiga fuqarolik, maʼmuriy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
   Davlat hisobidan yuridik yordam kam taʼminlangan shaxslarga, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga hamda psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan shaxslarga koʻrsatilishi belgilanmoqda.
   Mazkur Qonunga koʻra, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.
  Maʼlumot uchun: amalda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishi uchun advokat faqat jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan jalb etiladi.
  Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatlar haqidagi maʼlumotlar ochiq va shaffof holda “Yuridik yordam” axborot tizimida eʼlon qilinadi.
  Bepul yuridik yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirilishi va shaffof tizim yaratilishi fuqarolarga odil sudlovga erishish darajasini oshiradi.
   Shuningdek, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.
   Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” Farmoni bilan adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
  Masalan, 2024-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishning quyidagi tartibi joriy qilindi:
    Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari (keyingi o‘rinlarda — huquqiy maslahat byurolari) bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;
    huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashiladi.
   Bundan tashqari,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2024-yildagi 774-son qarori bilan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi.
   Nizom bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi belgilandi.
  Nizomga ko‘ra, quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi:
    kam ta’minlangan shaxslar (fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo‘yicha ariza beruvchilar, ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo‘lsa);
    ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda; o‘z huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
     jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
   Shuni ta’kidlash lozim, davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik printsipi asosida adliya bo‘limiga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi: elektron shakldagi murojaatlar Yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) ro‘yxatdan o‘tgan holda, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali yuboriladi; og‘zaki va yozma murojaatlar tegishli adliya bo‘limi tomonidan murojaat kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay tizimga kiritiladi.
   Advokatga belgilangan miqdorlarda haq to‘lanishi bilan birga xizmat safari va transport xarajatlari advokat shartnoma tuzgan joydan 50 km masofadan uzoq bo‘lgan hududda yuridik yordam ko‘rsatilgan hollarda qoplanadi.
  
   Nukus shahar adliya bo‘limi
   Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
   bosh yuriskonsulti M.M.Xojaxmetova