Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qanday imtiyozlar mavjud?


Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi 119-sonli Qarori bilan, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar va bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini o‘zgartirish va to‘lash tartiblarini belgilaydi.
Nizmoga ko’ra, quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslar hisoblanadi:
a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar;
b) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakil;
v) Qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
g) Qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari;
d) Qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalar.
Ushbu Nizom bo‘yicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:
a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.
Shuningdek nafaqalarni tayinlash, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi vakolatli organ tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar davlat xizmatlari markazlari, YIDXP, vakolatli organning ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi tomonidan Agentlikning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida tayinlanadi.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti 2-darajali yurist: J.Avezov