Янгиликлар
17
Маktablarda telefondan foydalanish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni trtibga solish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 139 sonli qarori qabul qilindi. Bu qarorda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tastiqlandi.Nizom 4 bob, 18 banddan iborat. Nizomda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) mobil telefonlardan (keyingi o‘rinlarda telefon deb ataladi) foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o‘quvchilar va talabalarning (keyingi o‘rinlarda ta’lim oluvchilar deb ataladi) konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu Nizom, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) mobil telefonlardan (keyingi o‘rinlarda telefon deb ataladi) foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o‘quvchilar va talabalarning (keyingi o‘rinlarda ta’lim oluvchilar deb ataladi) konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta’lim oluvchilarga, shuningdek ta’lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.
Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib fo‘yishi (telefonni ovozsiz rejimga o‘tkazishi ) shart. Maktablarda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlari ( saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchilar: telefonni o‘chirib qo‘yishi, telefonni portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.
O‘quvchilar va boshqa xodimlar o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalagish hauquqiga ega emas. Darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boicha cheklashlari shart.
Quyidagilar qat’iyan ta’qiqlanadi: 1.telefonni bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash. 2.Telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash.
O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefon orqali so‘zlashish, SMS va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish,telefonni stol ustiga qo‘yish, musiqa , shu jumladan naushniklar orqali tinglash, surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, o‘yinlar bilan shug‘ullanish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish, suratga olish va video tasvirga tushurish, internetdan foydalanish ta’qiqlanadi.
O‘quvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarurholatlarda ota-onasi , yaqin qarindoshlari , maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.So‘zlashish uchun sinfdan yo‘lakka yoki foyega chiqish , past ovozda qisqa muloqot qilish zarur.
Favqulodda vaziyatlarda ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.
Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:
ogohlantirish;
ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi.
Nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to‘g‘risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining (fakultetning) direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta’lim muassasalarida esa - kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogohlantirish berish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi .
Nukus shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Seytnazarov.