Янгиликлар
24
Muddati o`tgan tug`ilishni sayyor tartibda FHDYo xodimlari tarafidan joylarga chiqib tantanali topshirish.
Davlat tomonidan onalik va bolalikning muhofaza qilinishi, bolalar huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining, ota-onaning kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qa`tiy nazar, himoyalanish kabi konstitutsiyaviy prinsipni ta`minlash har bir muassasaning ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Tug`ilganlikni qayd etish uchun tug`ilganlik haqidagi tibbiy ma`lumotnoma, ota –onalarining shaxsini tasdiqlovhci xujjatlar, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda b`olmagan oaning arizasi taqdim etiladi. Belgilangan muddatning o`tib ketishi, tug`ilganlikning qayd etilishiga to`sqinlik qila olmaydi.
Tug`ilishni qayd etish uchun bir oylik muddat o`tkazib, bola 16 yoshga to`lgunga qadar murojaat etilgan hollarda tug`ilishni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bolaning tug`ilishini qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud bo`lmahgan taqdirda, ya`ni tug`ilganlik faktini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo`lmaganda, xujjatlardan jiddiy tafovutlar mavjud bo`lmaganda va boshqa hollarda bolaning u yoki bu onadan tug`ilganlik faktini qayd etish sduning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.
O`n olti yoshgacha bo`lgan boalning tug`ilishini qayd etish uchun FHDYo organiga tug`ilishni qayd etish muddatini o`tkazib yuborganlik sabablari ko`rsatilgan ariza va quydagi xujjatlar taqdim etiladi.
Bolaning tug`ilganlik haqidagi tibbiy ma`lumotnoma
Bolaning sog`ligi tog`risidagi ma`lumotnoma
Bolaning ta`lim olayotganligi to`grisida ma`lumotnoma
Chet elda tug`ilgan, lekin tug`ilishi o`sha davlatlarda belgilangan tartibda qayd etilmagan bolaning tug`ilishini qayd etishda ham shu hujjatlar talab qilinadi.
Ota-onaning istagiga ko`ra FHDYo organi bolaning tug`ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o`tkazishi mumkin.
Beruniy tumani adliya bo`limi
FHDYo bo`limi 2 darajali inspektori D.Kurbanova