Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xodimlarning nafaqa pullari to‘lab berildi


To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli tashkilotlarda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida, tumandagi umumta’lim maktablarida ishlovchi 70 nafar o‘qituvchilarga 491.711.212 so’m hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlovchi 32 nafar ishchi xodimlarga 204.040.346 so‘m jami 695.751.558 so‘mlik homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullari to‘lab berilmaganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktab o‘qituvchisi G.Sharipova, 9-sonli maktab o‘qituvchisi B.Yuldasheva, 15-sonli maktab o‘qituvchisi M.Nurmamatova, 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Yu.Аbdurasulova, 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi N.Zaripova hamda 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi M.Ibragimovalar homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqan bo‘lishlariga qaramasdan shu kungacha (2025 yil 17 yanvarga qadar) homiladorlik va tug‘ish ta’tillarining pullari to‘lab berilmagan.
Shu munosabat bilan, To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, yuqoridagi xodimlarga to‘lanmasdan kelinayotgan jami 695.751.558 so‘mlik homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullari to‘lanishi ta’minlandi.

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti
N.Radjapova