Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yurtimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar


Yurtimizda yaqin yillar davomida tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta bu islohotlarni amalga oshirish uchun koʻplab qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinmoqda. Tadbirkorlik kodeksining qabul qilinishi boʻyicha ham qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatiga yaratilayotgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida bilib olish uchun avvalombor tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga toʻxtalib oʻtsak. Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)- tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Bugungi kunda tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Har bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida hamda ijtimoiy hayotida tadbirkorlikning oʻrni juda katta hisoblanadi. Chunki tadbirkorlik rivojlansa iqtisodiy sohada yangi banklar, korxonalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari vujudga keladi va tovar xomashyo va pul munosabatlari rivojlanadi. Ijtimoiy sohada esa, yangi ish oʻrinlari yaratiladi va aholining yashash darajasi yaxshilanadi. Albatta buni yaxshi tushungan davlatimiz tadbirkorlarga koʻplab shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirib oʻtishimiz mumkin.
-Prezidentimizning 2020 yil 13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi Qarori bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni moliyaviy manba bilan ta’minlash maqsadlariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida mablag‘ ajratish belgilab qoʻyildi.
Prezidentimiz tomonidan 23.12.2021 yilda “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-739-son Qonun imzolandi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish va innovatsiyalar joriy qilishda oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan biznes vakillarini rag‘batlantirish, shuningdek, 2021-yil 20-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni ta’sis etildi.
Yuqoridagilardan koʻrishimiz mumkinki, davlatimiz tadbirkorlarga keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratib bermoqda.

Chimboy tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi
direktori  I.Aleuatdinov