Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

2024-yil davomida Amudaryo tumani FHDY boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida M A ʼ L U M O T


Amudaryo tumani FHDY boʻlimi tomonidan aholiga huquqiy xizmat koʻrsatish boʻyicha 2024-yil 12 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Jumladan, 4652 ta tugʻilganlik qayd qilinib, shundan 1 nafari muddatida tugʻilishi qayd qilinmagan bolalar boʻlib, qoʻshimcha hujjatlar toʻplanishida amaliy yordam berilib, tugʻilganligi qayd qilinib, guvohnomalar berildi. 139 ta fuqarolik holati dalolatnomalariga oʻzgartirish, tuzatishlar kiritilib, takroriy guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
Nikohda turmagan ota-onalardan tugʻilgan 157 ta farzandlarga otalik belgilanib, oʻtgan 2023-yilga nisbatan 11 taga kamaygan boʻlib, yolgʻiz onadan tugʻilgan 62 ta bolalarga tugʻilganlik guvohnomalar berildi.
1606 ta nikoh qayd qilingan boʻlib, shundan 1233 tasi yosh oilalar boʻlib, sayyor ravishda oʻtkazilgan nikohlar soni esa 464 tani tashkil qiladi.
2024-yil nikohdan ajralish 190 ta boʻlib, yarashtirish komissiyalari tomonidan ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish choralari koʻrilmoqda.
Tuman FHDY boʻlimiga jismoniy shaxslardan kelib tushgan jami 280 ta murojaatlarga tegishli ravishda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Minsk Konvensiyasi asosida kelib tushgan murojaatlar boʻyicha 209 nafar fuqaroga MDH davlatlaridan guvohnoma va maʼlumotnomalar olishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Fuqarolarga koʻrsatilgan huquqiy xizmatlar natijasida jami 292 719 610 soʻm davlat boji, 383 363 250 sum gerb yigʻimi, 216 236 000 soʻm pulli xizmat koʻrsatildi.


Amudaryo tumani FHDY boʻlimi
1-toifali inspektori  B.Sobirov