Янгиликлар
24
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasasida ro‘yxatga olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabr kuni qabul qilingan 550-son Qaroriga 4-ilovasida Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning umumiy qoidalar quyidagicha belgilangan.
Bola tug‘ilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tug‘ilganidan so‘ng 1 ish kuni ichida bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar avtomatik ravishda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi va “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot almashinuv tizimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan blankda ma’lumotnoma shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi avtomatik ravishda bolani so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS-xabar yuboradi;
Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
Amudaryo tumani FHDY bo‘limi
2-toifali inspektori R.Polvanova