Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qonunchilikdagi yangiliklar


Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga oid bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-25-son Qarori imzolandi. Ushbu Qarorning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhandislik sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani yo‘lga qo‘yish, o‘qitish usul va shakllarini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini hamda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishdan iborat.
Prezident Qaroriga asosan ushbu universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
ta’lim jarayoniga ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
hudud uchun istiqbolli bo‘lgan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
zamonaviy o‘quv, ilmiy va IT laboratoriyalari bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalar samaradorligini oshirish hamda tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish;
ixtisoslik sohalari bo‘yicha ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish hamda ta’lim dasturlarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;
hududdagi texnika yo‘nalishlarida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy ta’lim tashkilotlarining uslubiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish;
soha tashkilotlarida talabalarning malakaviy amaliyotini va professor-o‘qituvchilarning stajirovkasini tashkil etish, shuningdek, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya va amaliyot uyg‘unligini samarali tashkil etish.
Bundan tashqari universitetga xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantirish, universitet faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahlil xizmatlari ko‘rsatish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil etish kabi huquqlar ham berildi.
Qarorga ko’ra Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitetda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, atrof-muhit muhandisligi, kimyo muhandisligi, elektr muhandisligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, texnologik mashinalar va jihozlar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rish, Energetika muhandisligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarga “Muqobil va qayta tiklanuvchi energetika” kvalifikatsiyasini berishni hamda o‘quv rejasining tanlov fanlari qismiga “Atrof-muhit muhofazasi” va “Yashil energetika va ekologik komplaens” fanlari kiritilishini ta’minlash vazifalari yuklatildi.


Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti      M.Matyusupov.