Янгиликлар
24
Bola huquqlari qonun himoyasida
O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlarining kafolatlari to‘g’risidagi qonuniga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash, bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash, bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish, bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash, bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish, bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish, bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish, bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish davlat siyosatining yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Ushbu Qonunning 8-moddasiga ko‘ra yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratadi deb ko‘rsatilgan.
Ushbu Qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra yurtimizda bola huquqlari davlat himoyasida ekanligni hamda uning huquqlari ta’minlanishi davlatning bosh siyosati darajasida belgilanganligi kelajagimizga nisbatan munosabatning qanday ekanligini o‘z qonunchiligida aks ettirgan.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Xaytbayev