Янгиликлар
29
Xo‘jayli tumani FHDY bo‘limining 2024-yil davomida amalga oshirilgan ish faoliyatlari
Xo‘jayli tumani FHDY bo‘limi tomonidan 2024-yil, davomida fuqarolarga xuquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tug‘ilishni qayd etish bo‘yicha 2 652 ta dalolatnoma yozuvi qayd qilinib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berildi.
Shundan otalikni belgilash holati 169 tani tashkil etgan bo‘lsa, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar soni 118 nafarini tashkil etadi. Shuning bilan birgalikda farzandlikka olish bo‘yicha 30 nafar bolaga ham tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.
Amalga oshirilgan nikohni qayd etishning umumiy soni 717 tani tashkil etgan bo‘lib, 121 ta nikohdan ajralganlik qayd etildi hamda vafot etgan fuqarolarga o‘limni qayd etish to‘g‘risidagi 658 ta dalolatnomalar qayd etilib, guvohnomalar berildi.
Shu bilan birgalikda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fuqarolarga 254 ta harakat bo‘yicha amaliy yordam ham ko‘rsatildi.
Yil davomidagi Minsk konvensiyasi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni 113 tani tashkil etgan bo‘lib, barchasiga huquqiy hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Amalga oshirilgan ishlar bo’yicha 180684500 so’m davlat boji, 239170500 so’m gerb yig‘imi va 66500460 so’m pullik xizmat ko‘rsatildi.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan fuqarolarga eksterritorial xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy maslahatlar berish, bu bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali va joylarga chiqqan holda amaliy yordamlar ham ko‘rsatildi.
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi mudirasi S.Xalbaeva